“Parrandasanoat” uyushmasi nomidan Sizlarni ulug‘ va nurafshon Ramazon hayiti bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Ushbu qutlug‘ kun o‘zida mehr-shafqat, ezgulik, shukronalik, ma’naviy poklanish va o‘zaro hurmat kabi yuksak qadriyatlarni mujassam etadi. Ramazon hayiti har bir xonadonga tinchlik, farovonlik, quvonch va baraka, qalblarga esa xotirjamlik, yorug‘lik va umid olib kelsin.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy iliqlik, baxt-saodat, ahillik va ezgu ishlarda yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimizda doimo tinchlik, barqarorlik va ravnaq hukm sursin.
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
«PARRANDASANOAT» uyushmasi jamoasi