Bugun Vilofoss kompaniyasi vakillari “Parrandasanoat” uyushmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘z mahsulotlari, investitsiya loyihalari va hamkorlikda amalga oshiriladigan biznes rejalarni taqdim etdilar. Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan parrandachilik uchun mo‘ljallangan:
- premikslar
- ozuqa qo‘shimchalari
taqdim etildi.
Mutaxassislar ushbu mahsulotlar parrandalar sog‘ligini mustahkamlash, ozuqa samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
Taqdimotda “Parranda Investment” doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan quyidagi loyihalar e’lon qilindi:
- Xorazm viloyati (2026–2027) — 70 mln dollardan ortiq investitsiya, 200 gektar, 150 ming tonna yem va 60 ming tonna go‘sht
- Surxondaryo viloyati (2026–2027) — 35 mln dollardan ortiq investitsiya, 45 gektar, 40 ming tonna yem va 20 ming tonna go‘sht
- Toshkent viloyati (2027–2028) — 45 mln dollardan ortiq investitsiya, 120 gektar, 60 ming tonna yem va 30 ming tonna go‘sht
Uchrashuv doirasida “Parranda Investment” va Vilofoss o‘rtasida:
- zamonaviy ozuqa texnologiyalarini joriy qilish
- Yevropa standartlari asosida ishlash
- integratsiyalashgan parrandachilik tizimini yo‘lga qo‘yish
bo‘yicha hamkorlikda biznes reja shakllantirildi.