Ayni kunlarda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, “Mikrokreditbank” ATB hamda “Parrandasanoat” uyushmasi vakillaridan iborat delegatsiya “Aviagen” kompaniyasining taklifiga binoan Edinburg shahrida joylashgan parrandachilik markazida bo‘lib turibdi.
“Aviagen” kompaniyasining asosiy naslchilik markazlaridan biriga mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — malaka oshirish, o‘zaro tajriba almashish hamda kelgusi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdan iborat.